Terma jamoaga munosib merganlar aniqlanmoqda

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Toshkentda pnevmatik quroldan o‘q otish bo‘yicha O‘zbekiston chempionati davom etmoqda. E’tiborlisi, bir paytda oldindagi 2018 yilda bo‘lib o‘tadigan nufuzli musobaqalarga terma jamoani saralash vazifasini o‘tovchi turnir ham tashkil etilgan.

Birinchi kun 18 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi  musobaqalarda viloyatlardan saralangan eng kuchli merganlar mahoratlarini ishga solishdi. 8 nafar sportchi qatnashadigan finalga Toshkent, Qashqadaryo, Andijon, Xorazm hamda Andijon viloyati vakillari yo‘l olishdi.

10 metrlik masofada nishonni aniq mo‘ljalga olish bo‘yicha g‘oliblik uchun kurashda 12 ta o‘qdan keyin eng kuchli sportchilar nomiga niqlik kiritila bonlandi. Birinchi bo‘lib andijonlik Mahkamboy Sharofiddinov, so‘ngra Samarqand viloyati vakili Umid Pardaev kurashdan chiqib ketdi. 16 ta imkoniyatdan so‘ng xorazmlik Bekzod Ro‘zmetov 155,8 ochko bilan musobaqani tark etdi. Beshinchi o‘rin poytaxt viloyati vakili Oybek Asilovga tegishli bo‘ldi. U 18 chi imkoniyatdan so‘ng g‘oliblik uchun kurashni tomosha qiladigan bo‘ldi.

Shunday qilib, kuchli sakkizlikka kirgan sportchilar har ikki imkoniyatdan so‘ng qo‘lga kiritgan natijasiga ko‘ra kurashni davom ettirish yoki aksincha eng so‘nggi kursatkich evaziga finalni tark etishdi.

Musobaqalarda andijonlik Asadbek Obidov to‘rtinchi, qashqadaryolik Burxoniddin Erkaev uchinchi o‘ringa ega bo‘ldi. 24 tadan imkoniyatni sinovdan o‘tkazgan Toshkent viloyati vakillari Bekzod Raxmatullaev hamda Suhrob Mirzajonovlar 1- va 2- o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi.

Shundan so‘ng, 2018 yilgi terma jamoaga (yoshi chegaralanmagan) saralash vazifasini o‘tovchi turnirning final bahslari start oldi.

Natijalarga ko‘ra, kutilganidek, Rio olimpiadasi ishtirokchisi Vadim Skorovarov  24 ta imkoniyatdan so‘ng 244,3 ochko jamg‘argani holda 1-, SAidxon Sayfuddinov 242,7 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. Ularga tengma-teng raqobat qilgan  Bekzod Raxmatullaev uchinchi o‘ringa ega chiqdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!