Terri Moskvaga nega keldi?

  • 01.10.2018 10:46
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Angliyalik mashhur himoyachi Jon Terri kecha Rossiya premer-ligasining “Spartak” hamda “Rostov” (0:1) jamoalari o‘rtasidagi bahsiga tashrif buyurdi.

“Rossiyada men kuzatib boradigan klub paydo bo‘ldi. Ushbu jamoa o‘yinlarini kuzatib borayotganimga ko‘p bo‘lmadi. Men “Chelsi”ga qaytganimdan xursandman. Lekin, “Spartak”ka muxlisman va qabul qilgan qarorim uchun uzr so‘rayman”, - deydi tajribali futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, 36 yoshli Terri “Spartak”ka o‘tishga juda yaqin kelgan edi. Biroq, so‘nggi damda u o‘z qarorini o‘zgartirdi va moskvaliklarga rad javobini berdi. Jon kuni kecha “Chelsi”ning yoshlar jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!