
Tevesning gollari “Boka Xuniors”ni turnir jadvalida etakchiga aylantirdi (video)
Argentina chempionati 13-tur markaziy bahslaridan birida “River Pleyt” jamoasi o‘z maydonida “Boka Xuniors” klubini qabul qilib, kutilmaganda 2:4 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Mazkur o‘yinda Karlos Teves dubl qayd etib, jamoasining muhim g‘alabasiga munosib hissa qo‘shdi.
Argentina chempionati 13-tur
“River Pleyt” – “Boka Xuniors” - 2:4 (2:1)
Gollar: Driussi 34, Alario 40 – Bou 14, Teves 62, 81, Senturion 90+4.
Ogohlantirishlar: Pablo Peres 19, Driussi 34, Maydana 54, Gago 61, Mora 72, Alario 89.
Mazkur g‘alabadan so‘ng "Boka Xuniors" 28 ochko bilan musobaqa jadvalida karvonboshilik qilmoqda.
Fikrlar