BAAga qarshi o‘yin uchun o‘zbekistonlik muxlislarga qancha va qaerdan joy ajratilgani ma’lum

  • 22 may, 12:19
  • Bilolbek Imomov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasi "JCh-2026" saralashi doirasida Birlashgan arab amirliklari terma jamoasiga qarshi maydonga chiqadi. Ushbu bellashuv 5 iyun sanasida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. 

Taniqli futbol mutaxassisi Alisher Nikimbaev ushbu bahs uchun o‘zbekistonliklarga qaysi sektorlar ajratilgani haqida o‘zining telegram kanali orqali yozib qoldirdi. 

- Mazkur bellashuv uchun chiptalar ticketmaster.ae platformasida sotiladi. Bu BAA futbol assotsiatsiyasining rasmiy hamkori va shuning uchun ular ishtirokidagi o‘yinlarning eksklyuziv huquqiga ega. 

- Savdolar seshanba kuni boshlanishi kerak edi, ammo ko‘rib turganingizdek, hali bu sodir bo‘lmadi. Qachon boshlanishi mumkinligiga ham javob yo‘q. BAA futbol assotsiatsiyasi chiptalar sotuvi uchun mas’ul shaxslar rasmiy yoki norasmiy kanallar orqali muloqot qilishini qat’iyan rad etishdi. 

- O‘zbekison futbol assotsiatsiyasi aprel oyida hamkasblariga xat yozib, o‘yinga ma’lum miqdordagi chiptalar so‘ragan, ammo shu kunga qadar javob olishmagan. Aniqrog‘i, bugun mezbon mamlakat futboli federatsiyasi o‘z muxlislari uchun qancha va qanday chiptalar ajratilgani, ular tekin yoki pullik bo‘lishidan qat’i nazar, mehmonlarni xabardor qilish uchun belgilangan muddat tugadi. 

- Ayni paytda ticketmaster.ae sayti allaqachon O‘Zbekison terma jamoasi muxlislari "Al-Naxyan" stadionining 24, 25 va 26-sektorlarida joylashishi haqida ma’lum qilgan. Ko‘rib turganingizdek, bu o‘ng tomondagi uchta eng burchakda joylashgan sektorlar. Taxminiy sig‘imi - 1200 o‘rindiq. 




- Uchrashuvga boradigan har bir shaxs ticketmaster.ae saytidagi yangiliklardan xabardor bo‘ling. Agar boshqa manbalardan yangiliklar bo‘lsa, albatta baham ko‘raman", - deya yozib qoldirdi Nikimbaev. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Адхамжон Низомов
22/05/2025 13:38
Хозир жойни каерданлиги ахамиятли эмас.Асосийси МТЖ миз ЖЧ йулланмасига эга чикиши ва шу куни тарихига мухрланадиган кун булиб,ЖЧ чикамиз хам,Иншааллох.Олга,"Ок бурилар"