Tezkor xabar! "Real" yaqin soatlar ichida o‘zining ilk yirik transferini e’lon qiladi
Madridning “Real” klubi yaqin soatlar ichida o‘zining joriy yozgi transferlar davridagi ilk ulkan xaridi haqida e’lon qiladi. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatmoqda.
Unga ko‘ra “qirollik klubi” “Chelsi” darvozaboni Tibo Kurtua bilan yakuniy kelishuvga erishgan. Ushbu transfer esa “Real”ga 35 million evroga tushadi.
Ma’lumot uchun, 26 yoshli belgiyalik posbon o‘tgan mavsum “Chelsi” safida jami 46ta o‘yinda maydonga tushib o‘z darvozasidan 47ta to‘p o‘tkazib yuborgan.
Fikrlar