Timo Verner Germaniya terma jamoasining asosiy kamchiligi nimada ekanligini aytdi

  • 14 oktabr, 2018, 11:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniya terma jamoasi hujumchisi Timo Verner kecha Millatlar ligasi doirasida Gollandiyadan (0:3) uchralgan yirik hisobdagi mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Uchrashuv boshida biz juda yaxshi o‘yin ko‘rsatdik, ko‘plab vaziyatlar yaratdik, raqibni to‘psiz yugurishga majbur qildik va istagan ishimizni qildik.

Keyin esa o‘sha burchak zarbasi amalga oshirildi, to‘p darvoza to‘siniga tegib qaytdi, qaytgan to‘p esa darvozadan joy oldi – 1:0. Bu biz uchun kuchli zarba bo‘ldi.

Shundan keyin ham bizda vaziyatlar bo‘ldi, biroq ulardan foydalana olmadik. Bu bizning asosiy kamchiligimiz”, - deydi Verner.

Eslatib o‘tamiz, Germaniya qatorasiga 3ta rasmiy o‘yindan buyon raqiblari darvozasini ishg‘ol eta olmayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!