Tojikiston terma jamoasi murabbiyi: Bunday turnirlarda 3 ta o‘zgarish kamlik qiladi

  • 9 iyul, 2018, 19:00
  • Azamat Umarov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor bugun CAFA U-16 Championship turniriga yakun yasaldi. Musobaqaning 3-turida Tojikistonga qarshi maydonga tushgan vakillarmiz 1:3 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Tecno

Ushbu uchrashuvdan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanida dastlab Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi Hikmat Fuzaylov jurnalistlar savollariga javob qaytardi:

-O‘zbekiston terma jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman. Biz bunday futbol o‘ynashni uchun ishlamoqdamiz. Bu yoshdagi futbolchilarda ko‘proq jismoniy tayyorgarlik ustida ishlash foydali bo‘ladi. Tashkilotchilik a’lo darajada, O‘zbekiston bunday musobaqalar o‘tkazish bo‘yicha professional mamlakat. Faqatgina maydondagi futbolchi almashtirishda 4 yoki beshtagacha o‘zgarish qilishga ruxsat berish kerak deb o‘ylayman. Bunday yoshdagi futbolchilar uchun 3 ta o‘zgarish kamlik qiladi.

-Ob-havo ham juda issiq, bunda jaziramada o‘ynash oson emas albatta, ammo bizda sun’iy qoplamali maydonlar bor, unda to‘p surganda issiqlik ikki tomondan ta’sir qiladi. Toshkentda esa tabiiy chimda ancha salqin deya olaman, -deydi tojikistonlik murabbiy.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!