Tojikistonlik bokschi chorak finalda Bektemir Meliqo‘zievning zarbalaridan «bahra» oladi
81 kg vazn toifasida Osiyoning engilmas bokschisi hamyurtimiz Bektemir Meliqo‘ziev Osiyo chempionatida o‘zining dastlabki g‘alabasini qo‘lga kiritdi
Boks bo‘yicha Eron terma jamoasi vakili Amin Zyadiga qarshi ringga ko‘tarilgan Bektemir jang taqdirini birinchi raunddayoq hal qildi va chorak finalga yo‘l oldi.
U chorak finalda tojikistonlik Shabbos Negmatullaevga qarshi bahs olib boradi. Qo‘shni mamlakatdan tashrif buyurgan bokschi saralash bosqichida Shao-Hui Heni mag‘lub etgan edi.
SPORTS.uz Axborot Portali muxbirlari Boks bo‘yicha Osiyo chempionatida qayd etilayotgan natijalarni tezkorlik bilan taqdim etish maqsadida O‘zbekiston Sport Majmuasida ish olib borishmoqda.
SPORTS.uz Axborot Portalidan uzoqlashmang.

Fikrlar