Toni Fergyuson: Oldiniga Nurmagomedov, keyin esa Makgregor bilan kuch sinashaman

CHERY AUTO

Aralash yakkakurashlar jangchisi Toni Fergyuson Xabib Nurmagomedov bilan tarjimonsiz gaplashish uchun rus tilini o‘rganmoqda. Toni yaqin vaqt ichida Xabib urushishni rejalashtirgan, keyin esa engil vaznda UFC chempioni Konor Makgregor bilan hisob-kitob qiladi.

– Agar Konor boksdan so‘ng MMAga qaytsa, umid qilamanki, oyoqlari borligini unutmaydi. Men unga eng katta xavfman. Bizning menejerlar jamoamiz bitta. U hech qachon birorta intervyuda mening ismimni keltirmagan. Uni hurmat qilasizmi? Ha. Men uni hurmat qilaman, ammo bu mening unga raqib sifatida munosabatda bo‘lishimni bildirmaydi, – deydi Toni MMAinterviews nashriga bergan intervyusida.

– Xabib navbatdagisi. Undan keyingisi Konor. Mening sovrin qo‘yadigan joyimda ikkita bo‘sh o‘rin qolgan. Rossiyaga jang qilish uchun boraman. Uni yutgandan so‘ng esa birinchi raqamli sportchi bilan hisob-kitob qilishim shart.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!