Toshkent dengizida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha musobaqa boshlandi

CHERY AUTO

Bugun Toshkent dengizida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha V.Yanchenko, B.Bondarev, I.Kayzer xotirasiga bag‘ishlangan musobaqa start oldi. Bahslarda yurtimizning turli hududlaridan 187 nafar sportchi ishtirok etmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi rasmiy sayti xabar bermoqda.

Tecno

Turnirning dastlabki kunida natijalar quyidagicha ko‘rinish oldi:

Qizlar, S-1, 2000 m:

1-o‘rin – Dinara Jo‘raeva (Toshkent viloyati)
2-o‘rin – Ayjamal Jaldasbaeva (Toshkent viloyati)
3-o‘rin – Xonzoda Erkinova (Toshkent viloyati)

Qizlar, K-1, 2000 m:

1-o‘rin – Arina Tanatmisheva (Toshkent viloyati)
2-o‘rin – Darya Mishina (Toshkent shahri)
3-o‘rin – Sabina Ashrafxanova (Toshkent viloyati)

Erkaklar, S-1, 2000 m:

1-o‘rin – Sunatillo Inagamov (Toshkent viloyati)
2-o‘rin – Abdurahim Abdurashidov (Toshkent viloyati)
3-o‘rin – Sunnat Tojiev (Samarqand viloyati)

Erkaklar, K-1, 2000 m:

1-o‘rin – Sherzod Hakimjonov (Toshkent viloyati)
2-o‘rin – Anton Pekut (Toshkent shahri)
3-o‘rin – Mixail Korbit (Toshkent shahri).

Ertaga, 8 dekabr kuni 1000 metr masofaga bellashuvlar bo‘lib o‘tadi. Musobaqa 9 dekabr kuni yakunlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!