
Toshkent dengizida o‘tkazilgan musobaqa nihoyasiga etdi
Toshkent dengizida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha V.Yanchenko, B.Bondarev, I.Kayzer xotirasiga bag‘ishlangan musobaqa o‘tkazilayotganligi haqida xabar qilgandik.
Uch kun davom etgan musobaqada 187 nafar sportchi sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib bordi. Bugun, musobaqaning so‘nggi kunida sportchilar 5000 metr masofaga o‘zaro bellashishdi.
G‘olib va sovrindorlar ro‘yxati quyidagicha ko‘rinish oldi:
Qizlar, K-1, yakkalik:
1-o‘rin – Arina Tanatmysheva
2-o‘rin – Darya Mishina
3-o‘rin – Sabina Ashrafxanova
Erkaklar, K-1, yakkalik:
1-o‘rin – Artur Tom
2-o‘rin – Anton Pekut
3-o‘rin – Sherzod Hakimjonov
Erkaklar, S-1, yakkalik:
1-o‘rin – Sunatillo Inagamov
2-o‘rin – Vadim Denisov
3-o‘rin – Abduraxim Abdurashidov.
Manbaa: MOQ rasmiy sayti.
Fikrlar