Toshkent yig‘inida "Qo‘qon-1912"ga qaysi jamoalar raqiblik qiladi?

  • 11 yanvar, 2019, 11:07
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mashg‘ulotlar “Bunyodkor” akademiyasiga qarashli maydonda kuniga ikki mahaldan o‘tkazilmoqda. Toshkentdagi yig‘in chog‘ida bo‘lib o‘tadigan o‘rtqolik uchrashuvlardagi raqiblar ma’lum bo‘ldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tecno

Ertaga No‘’mon Hasanov shogirdlari o‘zaro ikkiga bo‘lingan holda o‘yin o‘tkazishadi. 19 yanvar kuni esa qo‘qonliklar Navoiyning “Qizilqum” jamoasiga qarshi maydonga tushishadi.

26 yanvar kuni esa "Qo‘qon-1912" yig‘in doirasidagi so‘nggi nazorat uchrashuvini o‘tkazadi. Shu kuni ularga Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasi raqiblik qiladi. O‘yinlar “Bunyodkor” akademiyasiga qarashli maydonda bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!