Toshkentda Markaziy Osiyo regbi markazi ochiladi

CHERY AUTO

Bugun Osiyo regbi ittifoqi rahbari Aga Husayn O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasiga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zbekiston MOQ matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.  

Tecno

Xabarda keltirilishicha, nufuzli mehmon qabul uchun minnatborchilik bildirgan holda, O‘zbekistonni regbi rivojlanayotgan mamlakatlar qatorida e’tirof etgan. Shuningdek, yaqin yillar ichida ushbu sport turining yanada rivojlanishiga ishonch bildirgan.

Shuningdek, O‘zbekiston MOQ bosh kotibi Jasur Matchanov ham mamlakatimizda boshqa jamoaviy sport turlari qatorida regbini ham rivojlantirish uchun alohida dastur ishlab chiqilayotgani haqida ma’lum qildi.

«O‘zbekistonda regbi turli mintaqalarda rivojlanmoqda. Tan olamiz, bizda baza bilan bog‘liq muammo bor. Ammo, yangi tsikldan boshlab bu boradagi muammolar bartaraf etiladi. Mamlakatimizda jamoaviy sport turlarini rivojlantirish uchun alohida dasturlar ishlab chiqilmoqda, shu jumladan regbi uchun ham. Bu borada rejalarimiz katta. Biz O‘zbekiston regbi federatsiyasi bilan birgalikda sportning ushbu turini ommaviylashtiramiz. Regbi uchun futbol stadionlarini ajratishni rejalashtirib qo‘yganmiz», – dedi Jasur Matchanov.

Undan tashqari, Toshkentda Markaziy Osiyo regbi markazi ochilishi va bu g‘oya Osiyo regbi ittifoqi tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi ma’lum qilindi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!