
Toshkentda merganlar Olimpiada yo‘llanmasini beruvchi turnirlarda saralanmoqda
Toshkentda pnevmatik quroldan o‘q otish sporti bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqalarda respublikamizning qariyb barcha viloyatlaridan 18 yoshgacha bo‘lgan sportchilar g‘olibdlik uchun kurashmoqda.
O‘g‘il bolalar o‘rtasida VP-6 (pnevmatik miltiqdan nishonga 160 ta o‘q uzish) mashqi bo‘yicha o‘tgan bahslarda Toshkent viloyati vakillari Suxrob Mirzajonov hamda Bexzod Raxmatullaev birinchi va ikkinchi o‘rinlarni qo‘lga kiritdi. Poytaxtlik Burxoniddin Erkaev uchinchi o‘rin egasi bo‘ldi.
Shu mashq bo‘yicha qizlar o‘rtasidagi musobaqalarda poytaxt viloyati sportchisi Shaxnoza Turg‘unova eng yaxshi natijani qayd etdi. Ikkinchi o‘rin namanganlik Muxtasar Tohirovaga tegishli bo‘ldi. Surxondaryo viloyati vakilasi Natalya Slostyon uchinchi natijaga erishgan.
– Mazkur turnirdan ko‘zlangan asosiy maqsad Argentinada bo‘lib o‘tadigan III o‘smirlar Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani taqdim etuvchi musobaqalarda ishtirok etadigan sportchilarni saralashdir. Chempionatdagi natijalar o‘tgan yilgidan tubdan farq qiladi. 2017 yilgi eng yuqori natija mazkur chempionatning o‘rtacha ko‘rsatkichlariga teng kelmoqda. Bu bilan O‘zbekistonda o‘q otish sporti keskin rivojlanib borayotganini ta’kidlash mumkin, – deydi musobaqa bosh kotibi Shokir Nabiev.
Fikrlar