Toshkentda tashkil etiladigan xokkey klubi KXLda qatnashishi mumkin
Kontinental xokkey ligasida birinchi marta O‘zbekiston klubi qo‘shilishi mumkin. B haqda R-Sport xabar bermoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, yaqin ikki mavsumda KXLga Toshkent klubi a’zo bo‘lishi kutilmoqda.
Yanvar oyi oxirida O‘zbekiston poytaxtida “Humo Arena” muz saroyi qurilishi boshlandi. Ushbu sport kompleksi 12 ming tomoshabinni o‘z bag‘riga sig‘dirishi ko‘zda tutilgan. Saroy 2018 yilning kuzida foydalanishga topshirilishi mumkin.
Ushbu saroy ochilish ma’rosimidan so‘ng, KXL chempionatida “Binokor” uy o‘yinlarini o‘tkazadi. Klubning ligaga kirish shartlari saroyning ishga tushishiga bog‘liq. Shundan so‘ng KXL bilan aniq muzokaralar boshlanadi.
Klubni xalqaro ERIELL kompaniyasi moliyalashtirishi kutilmoqda.
Sobiq ittifoq davrida “Binokor” 1973-1988 yillarda birinchi ligada qatnashgandi.
Ayni paytda KXLda 7 davlatdan 27 klub ishtirok etmoqda – Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Latviya, Xitoy, Finlyandiya va Slovakiya. 2017/18 yilgi mavsum yakunida uchta klub ligani tark etadi.
Fikrlar