Toshkentning "Orient" jamoasiga teng keladigani topilmadi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Farg‘onada voleybol bo‘yicha erkaklar o‘rtasida XXVI O‘zbekiston chempionatining ikkinchi tur bahslari yakunlandi. 

Chempionatda Toshkenning "Orient" jamoasi mezbon "Yoshlik" jamoasi va Olmaliqning "AGMK" klubini bir xil 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, Navoining "So‘g‘diyona"sidan 3:0 hisobida ustun keldi. 

Shuningdek, chempionatda quyidagi natijalar qayd etildi. 

"AGMK" (Olmaliq) - "So‘g‘diyona" (Navoiy) 3:0 

"Yoshlik" (Farg‘ona) - "AGMK" (Olmaliq) 1:3 

"So‘g‘diyona" (Navoiy) - "Yoshlik" (Farg‘ona) 3:0 

Endi musobaqaning uchinchi turi mart oyida Samarqand yoki Navoiy viloyatlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Manba: UzA.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!