"Tottenxem"ning sobiq hujumchisi faoliyatini yakunlagani haqida e’lon qildi

  • 29 avgust, 2018, 23:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

AQShlik mashhur futbolchi Klint Dempsi futbolchilik faoliyatini yakunlagani haqida e’lon qildi.

Tecno

“Uzoq o‘ylanishlardan so‘ng men va oilam aynan hozir faoliyatimni yakunlash uchun eng qulay fursat deb qaror qildik. Fursatdan foydalanib futbolchilik faoliyatim davomida men bilan birga ishlagan barcha murabbiy va futbolchilarga o‘z minnaddorchiligimni bildirmoqchiman”, - deydi Dempsi.

Ma’lumot uchun, Dempsi faoliyati davomida «Nyu-Inglend Revolyushn», «Fulxem» va «Tottenxem» kabi jamoalarda to‘p surgan. 35 yoshli futbolchining so‘nggi jamoasi «Siettl Saunders» klubi bo‘ldi.

AQSh terma jamoasi safida esa 2006, 2010 va 2014 yilgi jahon chempionatlarida ishtirok etdi va 3ta mundialda gol urishga erishgan ilk AQShlik futbolchiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!