
Transferlar kombinatsiyasi: Buffonning adashi PSJga o‘tishi kutilmoqda
“Milan” posboni Janluiji Donnarumma o‘z faoliyatini Frantsiya chempioni – PSJ safida davom ettirishi mumkin. Bu haqda italiyalik jurnalist Janluka Di Martsio ma’lum qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, agent Mino Rayola ajoyib transfer kombinatsiyasini amalga oshirmoqchi. Ayni vaqtda “Roma” posboni Alisson Beker “Liverpul” uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tmoqda va tez orada shartnoma imzolaydi. Darvozabonsiz qolgan rimlkilar PSJdan Alfons Areolyani xarid qilsa, Donnarumma PSJ a’zosiga aylanadi.
“Milan”dagi moliyaviy muammolar tufayli klub rahbariyati Janluiji Donnarummani sotishga qarshi bo‘lmasligi aytilmoqda.
Qayd etish joiz, Donnarumma PSJga o‘tadigan bo‘lsa, adashi Janluiji Buffon bilan birga harakat qiladi. Buffon yozda erkin agent sifatida “Yuventus”dan PSJga o‘tgandi.
Fikrlar