
Trezege "Yuventus" elchisi lavozimini egalladi
Turinning “Yuventus” klubi sobiq futbolchisi David Trezege jamoada ishlashda davom etadi.
Frantsiya terma jamoasi sobiq a’zosi “keksa sinora” bilan 3 yillik shartnoma tuzgan. Unga ko‘ra, Trezege klub elchisi lavozimini egallaydi va butun dunyo bo‘ylab “Yuventus” brendini targ‘ib qilish bilan bog‘liq turli tadbirlarda ishtirok etadi.
– Men “Yuventus” elchisi bo‘lganimdan xursandman. Klub ajoyib taklif bilan chiqdi va endi jamoaning maqsadlari uchun, muxlislarimiz va homiylar bilan ishlayman. Bunday imkoniyat taqdim etgani uchun “Yuventus”ga minnatdorlik bildiraman. O‘z ishimni professionallikda amalga oshiraman, – deydi frantsuz sobiq futbolchisi.
Trezege “Yuventus” safida 2000-2010 yillarda to‘p surgan. 11 mavsum davomida u “keksa sinora” tarkibida o‘z hisobiga 171 gol yozib, jamoaning eng sermahsul horijlik to‘purari bo‘lib turibdi.
Fikrlar