Turk klubi Jiruni sotib olishni maqsad qildi

  • 22 sentabr, 2018, 12:47
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning “Chelsi” klubi forvardi Olive Jiru “Beshiktosh”ning asosiy transfer nishoniga aylandi. Bu haqda Fanatik nashri xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra turk klubi “aristokratlar” bilan 31 yoshli frantsiyalik futbolchining transferi bo‘yicha muzokaralarni qishdayoq boshlamoqchi. Agar kelishuv amalga oshsa, Jiru yozda “Beshiktosh”ga erkin agent sifatida yo‘l oladi. Uning taxminiy transfer bahosi esa ayni damda 18 million evroni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, Jiru “Chelsi” safiga joriy yilning yanvarida “Arsenal”dan ko‘chib o‘tgan va 1,5 yillik shartnoma imzolagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!