Turkiya oltinchi urunishda ham Rossiyani enga olmadi

  • 14.10.2018 22:57
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bundan biroz avval UEFA Millatlar ligasi doirasida Rossiya hamda Turkiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z nihoyasiga etdi. Qiziqarli kechgan bahs 2:0 hisobida ruslarning g‘alabasi bilan yakunlandi.

E’tiborlisi, ushbu terma jamoalar bu uchrashuvgacha o‘zaro 5 marta to‘qnash kelishgan va shularning 3 tasida ruslarning qo‘li baland kelgan, qolgan 2ta o‘yin esa durang bilan yakunlangan edi.

Jamoalarning 6-to‘qnashuvida ham Turkiya g‘alaba qozonishni uddalay olmadi va o‘zining bu boradagi qora ana’nasini davom ettirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!