Turkiya terma jamoasi sardori 12,5 yilga ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin
Turkiya terma jamoasi sardori Arda Turan tungi klubda mushtlashgani sabab 12,5 yilga ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin. “Istanbul Bashakshexir” klubi uni 370 ming evro jarimaga tortdi.
CNN telekanalining tarqatgan xabariga ko‘ra, o‘yinchi zo‘rlashda, noqonuniy o‘q otar qurol ishlatishda, hayotga tazyiq va tan jarohati etkazishda ayblanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 31 yoshli futbolchi ishtirokidagi voqea Stanbuldagi tungi klublarning birida oktyabr oyida boshida bo‘lib o‘tgan.
Fikrlar