Turkiya terma jamoasining bo‘lajak o‘yinlar uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi

  • 5 oktabr, 2018, 17:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Turkiya terma jamoasi bosh murabbiyi Mircha Luchesku yaqinlashib kelayotgan Bosniya va Gertsegovina (11 oktyabr) hamda Rossiyaga (14 oktyabr) qarshi o‘yinlar uchun 26 nafar futbolchidan iborat tarkibni e’lon qildi.

Darvozabonlar: Gyokxan Akkan ("Rizespor"), Serkan Kirintili ("Konyaspor"), Sinan Bolat ("Antverpen", Belgiya).

Himoyachilar: Mexmet Zeki Chelik ("Lill", Frantsiya), Shener Ozbayrakli, Xassan Ali Kaldirim (ikkalasi - "Fenerbaxche"), Chaglar Syoyundjyu ("Lester", Angliya), Ertugrul Ersoy ("Bursaspor"), Kaan Ayxan ("Fortuna", Germaniya), Mert Myuldyur ("Rapid", Avstriya), Serdar Aziz, Omer Bayram (ikkalasi - "Galatasaray").

Yarim himoyachilar: Jengiz Under ("Roma", Italiya), Serdar Gyurler ("Ueska", Ispaniya), Yusuf Yazydji ("Trabzonspor"), Irfan Kaxveji, Maxmut Tekdemir, (ikkalasi - "Istanbul Bashakshexir"), Mexmet Topal ("Fenerbaxche"), Okay Yokushlu ("Selta", Ispaniya), Oguzxan Ozyakup ("Beshiktash"), Tarkan Serbest ("Kasympasha"), Berkay Ozjan ("Shtutgart", Germaniya), Xakan Chalxanoglu ("Milan", Italiya), Yunus Malli ("Volfsburg", Germaniya).

Hujumchilar: Jenk Tosun ("Everton", Angliya) va Enes Unal ("Valyadolid", Ispaniya).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!