Tursunoy Jabborova Misrdagi reyting turnirida shohsupaga ko‘tarildi

CHERY AUTO

Xabaringiz bor bundan avval Misr poytaxti Qohira shahrida og‘ir atletika bo‘yicha qizlar o‘rtasida xalqaro turnir o‘tkazilayotganligi haqida xabar berib o‘tgan edik. Bungacha musobaqada -55 kg vazn toifasida ishtirok etgan hamyurtimiz Muattar Nabieva mutloq g‘oliblikni qo‘lga kiritib, uchta oltin medalga ega chiqqandi.

Tecno

Terma jamoamizga navbatdagi medalni -76 kg vazn toifasida supachaga ko‘tarilgan Tursunoy Jabborova taqdim etdi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi rasmiy sayti xabar bermoqda. Sportchimiz dast ko‘tarish bahslarida 94 kg. toshni o‘ziga bo‘ysundirdi va bronza medali egasiga aylandi. Siltab ko‘tarish va ikkikurash yakunlariga ko‘ra u to‘rtinchi natijani qayd etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!