
Tyago Alkantara: Endi "Bavariya"ni hech kim to‘xtatib qololmaydi
Myunxenning "Bavariya" klubi yarim himoyachisi Tyago Alkantara jamoasining joriy mavsum Bundesligada ko‘rsatayotgan o‘yinlari haqida gapirib o‘tdi.
“Mavsumni yuqori kayfiyatda boshladik, ammo keyin pasayish sodir bo‘ldi. Endi yana hammasi o‘zimizga bog‘liq. Biz bundan buyon xuddi “Gannover”ga (4:0) qarshi o‘ynaganimizdek o‘ynaymiz va bizni hech kim to‘xtatib qola olmaydi”, - deydi Alkantara.
Eslatib o‘tamiz, “Bavariya” ayni damda musobaqa jadvalida “Borussiya” Dortmund va “Borussiya” Myunxengladbaxdan so‘ng uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Ular Bundesliganing navbatdagi turini 19 dekabr kuni "RB Leyptsig"ni qabul qilishadi.
Fikrlar