U-20 Jahon chempionati.Finalda venecuelalik tengdoshlarini engan angliyalik yoshlar jahon chempionligini qo‘lga kiritishdi

  • 11 iyun, 2017, 18:00
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Janubiy Koreya mezbonlik qilgan yigirma yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatining final bahsi bundan bir necha daqiqalar avval yakunlandi.

Hal qiluvchi bahsda venecuelalik tengdoshlariga qarshi maydonga tushgan angliyalik yoshlar raqibini 0:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratishib, bosh sovrinni qo‘lga kiritishdi. E’tiborlisi, ushbu yosh toifasidagi jahon chempionligi Angliya futboli tarixidagi dastlabkisi bo‘ldi.

Venecuela U-20 – Angliya U-20 0:1 (0:1, 0:0)

11 iyunya, «Suvon Stedium»

Gol:0:1 – 34 Kelvert-Lyuin.

Venecuela U-20: Farines, Ernandes, Ferraresi, Velaskes, Ernandes, Errera, Lusena, Kordova (Sosa, 72), Penyaranda (Urtado, 90), Chakon  (Soteldo, 51), Penya.

Angliya U-20: Vudmen, Tomori, Uoker-Piters, Kenni, Klark-Solter, Kuk, Dauell (Odjo, 62), Onoma, Lukman (Meytlend-Naylz, 76), Solanke, Kelvert-Lyuin.

Ogohlantirishlar: Velaskes (46), Tomori (48), Dauell (58).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!