
UEFA pley-off bosqichida safardagi gol qoidasini bekor qilmoqchi
UEFA ijroiya qo‘mitasi mazkur masalani ertaga Rim shahrida o‘tadigan yig‘ilishda qo‘rib chiqadi. Boisi hozirgi kunda safarda gol kiritish, oldingiga nisbatan oson bo‘lib borayotganligi aytilmoqda.
Safardagi gol ustunligi qoidasi futbolga 1965 yilda kiritilgan bo‘lib, UEFA ham, ko‘plab mamlakatlar ham o‘z turnirlarida mazkur qoidaga amal qilib keladi. Faqatgina Angliya bundan mustasno. Inglizlar kubok va Liga kubogi uchrashuvida kiritilgan gollar soniga e’tibor qaratishadi.
Fikrlar