
Umid Ahmadjonov Osiyo o‘yinlari g‘olibi Denis Istominga tabrik yo‘lladi
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov ushbu muvaffaqiyat bilan tennischimizni tabrikladi.
«Denis Istominni Osiyo o‘yinlarining oltin medalini qo‘lga kiritgani bilan tabriklaymiz. Bu O‘zbekiston uchun Osiyo o‘yinlaridagi qimmatli medal bo‘ldi. U faoliyati davomidagi eng nufuzli musobaqalardan birida g‘olib bo‘la oldi. Denis bir necha yil davomida xalqaro kortlarda mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilishga, o‘zbek sportni nufuzini yuksaltirishga xizmat qildi. Uning Osiyo o‘yinlari oltin medalini qo‘lga kiritganligi yuksak professional hislatlarga ega ekanligidan darak berib turibdi.
Fursatdan foydalanib, O‘zbekistonning birinchi raketkasini ushbu muvaffaqiyat bilan O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, Olimpiya harakati ishtirokchilari va albatta o‘zim nomimdan chin ko‘ngildan tabriklayman.
Shuningdek, Osiyo o‘yinlari davomida yurtimiz sharafini munosib himoya qilib, vatanimiz bayrog‘ini yuqoriga ko‘targan Bekzod Abdurahmonov, Nikita Rafalovich, Mo‘minjon Abdullaev, Shahboz Xolmurzaev va Shahboz Abdujabborovlarni chempionlik bilan muborakbod etaman.
Shu bilan birgalikda, hali startga chiqmagan sportchilarimizga bahslarda omad tilayman. Sizlardan umidimiz katta! Sizni vatanimizda yaqinlaringiz, xalqimiz va Prezidentimiz kutishmoqda», – dedi Umid Ahmadjonov.
Fikrlar