
Umtitining qachon safga qaytishi ma’lum bo‘ldi
"Barselona" himoyachisi Samuel Umtiti 30 dekabrdan boshlab mashg‘ulotlarga kirishadi. Bu haqda kataloniyaliklar rasmiy sayti xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, 25 yoshli frantsiyalik futbolchi tizzasidagi jarohat sabab bir necha oydan buyon jamoasiga yordam bera olmay kelayotgan edi. Dastlab uni jarrohlik amaliyoti yordamida davolanishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Ammo, keyinroq futbolchining iltimosiga ko‘ra shifokorlar konservativ usulda davolashni davom ettirishdi.
Ma’lumot uchun, Umtiti “Barselona” safiga 2016 yil 25 mln evro evaziga “Lion”dan kelib qo‘shilgan edi. U joriy mavsum “ko‘k-anor ranglilar” safida jami 8ta o‘yinda ishtirok etdi va 1ta golga assistentlik qilishga erishdi.
Fikrlar