Urugvay termasining JCh–2018 uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (FOTO)

  • 16 may, 2018, 08:33
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Urugvay terma jamoasi bosh murabbiyi Oskar Tabares JCh–2018 turniri uchun 26 futbolchidan iborat kengaytirilgan tarkibni e’lon qildi.

Quyida tarkib bilan tanishing:

Darvozabonlar: Martin Kampanya («Independente»), Fernando Muslera («Galatasaroy»), Martin Silva («Vasko da Gama»).

Himoyachilar: Diego Godin («Atletiko»), Sebastyan Koates («Sporting»), Xose Ximenes («Atletiko»), Maksi Pereyra («Portu»), Gaston Silva («Independente»), Martin Kaseres («Latsio»), Gilermo Varela («Penyarol»).

Yarim himoyachilar: Naitan Nandes («Boka Xuniors»), Lukas Torreyra («Sampdoriya»), Matias Vesino («Inter»), Federiko Valverde («Deportivo»), Rodrigo Bentankur («Yuventus»), Karlos Sanches («Monterrey»), Jorjian de Arraskaeta («Kruzeyro»), Diego Laksalt («Jenoa»), Kristian Rodriges («Penyarol»), Xonatan Urretaviskayya («Monterrey»), Nikolas Lodeyro («Sietl Saunders»), Gaston Ramires («Sampdoriya»).

Hujumchilar: Kristian Stuani («Jirona»), Maksi Gomes («Selta»), Edinson Kavani («PSJ»), Luis Suares («Barselona»).

Ma’lumot uchun, Urugvay termasi JCh–2018 “A” guruhidan o‘rin olgan bo‘lib, mezbon Rossiya, Saudiya Arabistoni va Misr bilan o‘zaro bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!