Useyn Bolt Avstraliya klubi bilan xayrlashdi

  • 2 noyabr, 2018, 12:20
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Taniqli yamaykalik sprinter Useyn Bolt Avstraliyaning “Sentral Kost Marriners” futbol klubini tark etdi.

Avvalroq klub unga yiliga 150 ming dollar maosh taklif qilgan edi. Bolt esa uch million dollar ishlab olishni xohlagan. Tomonlar shu va boshqa moliyaviy muammolar sabab bir-biri bilan kelisha olishmagan.

Men “Sentral Kost Marriners” rahbariyatiga minnatdorlik bildiraman, rahbariyat, u erdagilar, o‘yinchilar va muxlislar bu erga kelganimdan ko‘plab quvonch olib kelishdi, – deya Boltning so‘zlarini keltiradi Goal nashri. – Oldingi mavsumda klubga muvaffaqiyatlar tilayman.

32 yoshli yamaykalik “Marriners”da tekshishuvda edi va jamoaning nazorat uchrashuvlaridan birida dubl qayd etgan.

Boltning keyingi rejalari hozircha noma’lum. U shuningdek, Maltaning “Valletta” klubi taklifini ham rad qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!