“Uzbek Tigers” va “Caciques Venesuela” jamoalari ishtirokida matbuot anjumani yakuniga etdi

TIGGO 2 PRO

Boks bo‘yicha “Uzbek Tigers” jamoasi Butunjahon boks seriyalari (WSB) VIII mavsumidagi 5-6 turlarini Termiz shahridagi “Alpomish” sport saroyida Venesuelaning “Caciques Venesuela” jamoasiga qarshi o‘tkazishidan xabaringiz bor.

Bugun 6 aprel kuni Termiz davlat universitetida har ikkala jamoa o‘rtasida matbuot anjumani o‘tkazildi.

> Tarkiblar bilan tanishing

Matbuot anjumanida AIBA vakillari Frank Reynaldo, Lopes Almeyda, O‘zbekiston boks federatsiyasi bosh kotibi Murod Mamadaliev, supervayzer Ni Marina, murabbiylar, bokschilar, talabalar va OAV xodimlari ishtirok etishdi.

Anjumanda har ikkala jamoa vakillari va rasmiylar ertangi bahs oldidan nimalar kutayotgani haqida o‘z fikrlarini aytib o‘tdi.

Murod Mamadaliev: - Assalomu alaykum barchaga. Biz ertangi uchrashuvlar Termiz shahrida o‘tayotganidan xursandmiz. Bu Surxondaryo viloyatida boksning yanada rivojlanishiga turtki bo‘ladi. Janglarni tashkillashtirishda yaqindan yordam bergan O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasiga, Surxondaryo viloyati hokimligiga o‘z minnatdorlimizni bildiramiz. Har ikki jamoaga omad tilaymiz va barchani kutib qolamiz.

Supervayzer Ni Marina: Birinchi navbatda tashkilotlarga katta rahmat aytaman. Tashkilotchilar buni ajoyib tashkillashtirmoqda. O‘zbekistonda kuchli bokschilar ko‘p. Har ikki jamoaga ham omad tilayman. Ertangi jangda eng kuchli jamoa g‘alaba qozonsin.

AIBA vakili Lopes Almeyda: Barcha kelganlarga minnatdorlik bildiraman. Ertangi bahslarda o‘zbek jamoasiga ham, Venesuela jamoasiga ham omad tilaymiz. O‘ylaymizki, bir-biridan ajoyib tщynashuvlar guvohi bo‘lamiz.

“Uzbek Tigers” ustozi To‘lqin Qilichev: - Janglar Surxon elida o‘tayotganidan xursandman. Kelajakda yanada ko‘plab janglar tashkil qilishga harakat qilamiz. Yuqori saviyada janglarni o‘tkazish katta mas’uliyat talab qiladi. Tashkilotchilar bilan birga Surxondaryo viloyati boks federatsiyasi  rahbariyatiga alohida minnatdorlik bildiraman. Bizni qo‘llab-quvvatlanglar. Shu bilan birga raqiblarga omad. Kuchlilar g‘alaba qozonsin.

- Jamoamiz alohida tayyorgarlik ko‘rdik. Har doimgidek. Guruhdan chiqishimiz deyarli hal va bunga ishonaman, biroq ikkinchi o‘rin bilan.

“Caciques Venesuela” ustozi Alfredo Lemus: - Raqib jamoasiga omad tilagan holda, o‘z shogirdlarimdan ham shijoat hamda g‘alabalar kutib qolamiz. Barchasini bo‘lajak janglar hal qiladi. Bokschilarim yaxshi sport formasida. Kuba va Kolumbiya jamoalariga qarshi ajoyib janglarni o‘tkazdik. Ertangi bahslarda bor kuchimiz bilan harakat qilamiz.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!