
“Uzbek Tigers” va “Venesuela Caciques” jamoalari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi
Xabaringiz bor, ertaga, 7 aprel kuni “Uzbek Tigers” WSB turniri “A” guruhi doirasida 5-6-tur bahslarini “Venesuela Cacuquez” jamoasiga qarshi o‘tkazadi. S1 va S2 guruhi bokschilari ishtirokidagi janglarga Termiz shahridagi “Alpomish” sport saroyi mezbonlik qiladi.
Bugun har ikki jamoa vakillari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi. Anjuman 15:00da boshlanadi. Ayni damda bokschilar shaharning diqqatga sazovor joylarida ziyorat qilishmoqda. Bu haqda birozdan so‘ng to‘liq ma’lumot va fotoreportaj e’tiboringizga taqdim etiladi.
Tarkiblar bilan tanishing
S1 guruhi janglari soat 19:00da boshlanadi
49 kg: Nodirjon Mirzaahmedov – Polanko Vaskes
56 kg: Shahobiddin Zoirov – Yoel Finol
64 kg: Aliyor Noraliev – Kristian Palasio
75 kg: Isroil Madrimov – Keybar Gonsales
91 kg: Sanjar Tursunov – Bello Dias
S2 guruhida o‘zgarishlar yo‘q va janglar soat 22:00da boshlanadi
52 kg: Jasur Latipov — Xesus Roxas
60 kg: Shunqor Abdurasulov — Luis Kabrera
69 kg: Mahmud G‘oipov — Gabriel Maestre
81 kg: Bektemir Meliqo‘ziev — Nalek Korbaj
+91 kg: Bahodir Jalolov — Jordan Ernandes
Fikrlar