
Valverde Umtitining qachon safga qaytishini aytdi
Kataloniyaning "Barselona" klubi bosh murabbiyi Ernesto Valverde jamoaning frantsiyalik himoyachisi Samyuel Umtitining qachon safga qaytishi haqida gapirib o‘tdi.
“Umid qilamanki u yana ikki haftadan so‘ng maydonga qaytadi. Umtitining kayfiyati yuqori darajada ekanligini ko‘rib turibman. Hammasi yaxshi bo‘ladi, biz kutishga tayyormiz”, - deydi Valverde.
Eslatib o‘tamiz, Umtiti mavsum boshidayoq jarohat olgan edi. Shu bois u joriy mavsum “Barselona” safida bor yo‘g‘i 8ta o‘yinda ishtirok etdi xolos.
Fikrlar