Velosportchilarimiz Osiyo chempionatiga qizg‘in tayyorgarlik olib bormoqdalar

Musobaqada qit’amizning etakchi velosportchilari qatorida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham ishtirok etadilar.

Ayni paytda terma jamoamiz a’zolari Jakartadalar va musobaqaga tayyorgarlikning so‘nggi bosqichini o‘sha erda olib bormoqdalar. Ertaga bahslarga start beriladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatida quyidagi tarkibda ishtirok etadi:

Erkaklar:

Danil Evdokimov
Aleksey Fomovskiy
Dmitriy Sirko
Murodjon Xolmurodov

Ayollar:

Olga Zabelinskaya
Ekaterina Knebelova
Yanina Kuskova

Murabbiy: Rustam Nurtdinov
Murabbiy: Vadim Shaexov
Mexanik-murabbiy: Aleksey Smirnov

Ma’lumot uchun, mazkur qit’a birinchiligi Tokio 2020 Olimpiadasi uchun qimmatli reyting ochkolarini taqdim etuvchi musobaqalardan biri hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!