
Verrattining qancha muddatga safdan chiqqani ma’lum bo‘ldi
PSJ klubi yarim himoyachisi Marko Verratti tizzasidan olgan jarohat sabab kamida 3 hafta maydonga tusha olmaydigan bo‘ldi. Bu haqda RMC Sport nashri xabar tarqatmoqda.
Eslatib o‘tamiz, italiyalik futbolchi Frantsiya chempionatining 21-turida "Gengam"ga (9:0) qarshi bahsda jarohat olgan edi.
Ma’lumot uchun, Verratti PSJ safida 2012 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum jami 14ta o‘yinda maydonga tushdi va jamoasining 1ta goliga assistentlik qilishga erishdi.
Fikrlar