"Vest Xem" Shnayderlin borasida "Everton"dan rad javobini oldi
Liverpulning “Everton” klubi yarim himoyachisi Morgan Shnayderlin joriy transfer davrida jamoani tark etmasligi ma’lum bo‘ldi.
Sky Sports tarqatgan xabarga qaraganda Londonning “Vest Xem” klubi 28 yoshli frantsuz uchun 20 mln funt taklif qilgan, biroq, mersisaydliklar ustozi Sem Ellardays tajribali futbolchini qo‘yib yuborishni istamagan va shu bois “bolg‘achilar” taklifiga rad javobi berilgan.
Ma’lumot uchun, Shnayderlik joriy mavsum APLning jami 19ta uchrashuvida maydonga tushgan.

Fikrlar