"Vest Xem" va "Vest Bromvich" Smolling uchun kurashga qo‘shilishdi

  • 24 may, 2017, 18:10
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Avval xabar berganimizdek “Manchester Yunayted” himoyachisi Kris Smolling yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida jamoasini o‘zgartirishi mumkin.

Tecno

The Sun nashrining ma’lum qilishicha, 27 yoshli Angliya terma jamoasi a’zosini qo‘lga kiritish uchun “Vest Xem” va “Vest Bromvich” kurash boshlashdi. Eslatib o‘tamiz, Smollingga shuningdek «Arsenal» va «Inter» jamoalari ham jiddiy qiziqish bildirishmoqda.

Xabarlarga qaraganda “MYu” bosh murabbiyi Joze Mourino ushbu pozitsiyada Fil Jons, Erik Bayi va Markos Roxo kabi futbolchilar borligi uchun Smollingning xizmatlariga ehtiyoj sezmayapti.

"Manchester Yunayted" Kris Smollingni sotib yubormoqchi>>>

“MYu” Grizmanni juda boy qilmoqchi>>>

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!