Vidal "Barselona"ga o‘tadi

  • 3 avgust, 2018, 08:32
  • 0
  • Futbol

Myunxenning "Bavariya" klubi yarim himoyachisi Arturo Vidal faoliyatini "Barselona"da davom ettiradi.

Goal.com internet nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 31 yoshli chililik futbolchi yaqin vaqtlar ichida tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Kataloniyaga yo‘l oladi. Uning transferi esa “ko‘k-anor ranglilar”ga 20 mln evroga tushishi aytilmoqda.

Eslatib o‘tish lozimki, Vidal uchun shuningdek “Milan” va “Inter” klubilari ham jiddiy kurash olib borishgan edi.

Ma’lumot uchun, Vidal o‘tgan mavsum “Bavariya” safida jami 35ta o‘yinda maydonga tushib o‘z hisobiga 6ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!