Villash-Boash faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin
“Portu”, “Chelsi”, “Tottenxem”, “Zenit” hamda “Shanxay SIPG” klubi sobiq bosh murabbiyi Andre Villash-Boash faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin.
Ma’lumotlarga qaraganda 41 yoshli portugaliyalik mutaxassisga “Al-Nasr” klubidan jiddiy takliflar bo‘lmoqda. Arablar unga yiliga 8 mln evro maosh va’da qilishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Ar-Riyod shahri jamoasi bundan avval “Monako”dan iste’foga chiqqan boshqa bir portugaliyalik mutaxassis - Leonardu Jardimga ham taklif bilan chiqishgan edi. Biroq, Jardim ushbu taklifga rad javobini bergan edi.
Fikrlar