
Voleybol bo‘yicha O‘zbekiston chempionatiga start beriladi
Bugun, 11 mart kuni Buxoro shahrida voleybol bo‘yicha qizlar o‘rtasida O‘zbekiston birinchi chempionatining II tur o‘yinlari start oladi.
2002-2003 yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasidagi turnir 15 martgacha davom etadi. Bahslarda Respublikaning 9 viloyati a’zolari ishtirok etadilar.
II turda Andijon, Navoiy, Xorazm, Farg‘ona, Sirdaryo, Buxoro, Qoraqalpog‘iston, Namangan hamda Jizzax viloyatlari jamoalari o‘zaro kurash olib boradilar.
Fikrlar