Voleybolchilarimiz Qozog‘istondagi xalqaro turnirda ishtirok etishmoqda

CHERY AUTO

Qozog‘istonning Almati shahrida voleybol bo‘yicha erkaklar o‘rtasida xalqaro turnir start oldi. Turnirda Rossiya, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va O‘zbekistondan jamoalar qatnashmoqda. Musobaqada yurtimiz sharafini Toshkent shahrining «Orient» jamoasi himoya qilmoqda.

Tecno

Kecha musobaqaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bugun vakillarimiz Qozog‘istonning «Burevestnik Almati» jamoasiga qarshi o‘yin o‘tkazadilar. Bu haqda MOQ rasmiy sayti xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Orient» jamoasi bir necha kun oldin Qo‘qonda o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatining birinchi turi yakunlariga ko‘ra peshqadamga aylanib olgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!