
Xordi Alba faoliyatini “Barselona”da yakunlamoqchi
Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Xordi Alba klubdagi faoliyatini “Barselona”da tamomlamoqchi ekanligini ma’lum qildi.
- Menga “Barselona”da to‘p surish juda yoqadi, - deya Albaning so‘zlarini keltiradi AS nashri. – Agar menga bog‘liq bo‘lganida butun faoliyatimni ushbu jamoada o‘tkazgan bo‘lardim.
Eslatib o‘tamiz, 29 yoshli futbolchi 2012 yili “Valensiya”dan “ko‘k-anorranglilar” safiga kelib qo‘shilgan edi.
Fikrlar