
Xulen Lopetegi Ispaniya terma jamoasidan ketganiga afsuslanmasligini aytdi
“Real” Madrid klubi ustozi Xulen Lopetegi JCh-2018 starti arafasida Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketganidan afsuslanmasligini aytdi.
“Men bu qarorimdan hecham afsuslanmayman. Agar bordiyu shu vaziyat yana takrorlansa, men yana shu ishni qilardim. Ispaniya terma jamoasidagi ishimni yo‘qotganim men uchun katta ahamiyatga ega emas. “Real”ni shug‘ullantirayotganimdan to‘liq baxtliman.
Ispaniyaga, Luis Enrikega va butun mamlakat futboliga omad tilayman. Men – Ispaniya terma jamoasining muxlisiman. Butun qilgan ishlarim to‘g‘ri deb o‘ylayman”, - deydi Lopetegi.
Fikrlar