
Xuxxot Gran-prisiga qur’a tashlandi
Xabar berganimizdek, ertaga Xitoyning Xuxxot shahrida dzyudo bo‘yicha navbatdagi Gran-pri musobaqasi start oladi.
Tokio olimpiadasi uchun qimmatli reyting ochkolarini taqdim qiluvchi ilk musobaqada terma jamoamiz asosiy tarkib bilan ishtirok etmoqda. Bugun musobaqad avval matbuot-anjumani bo‘lib o‘tdi va an’anaga ko‘ra, tadbirdan so‘ng bellashuvlarga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Qur’a natijalari quyidagicha:
- -66 kg: Shahram Ahadov – Shen-Tin Xuang (Xitoy Taipeyi)
- -66 kg: Sardor Nurillaev – Tae Son Song (KXDR)
- -73 kg: G‘iyosjon Boboev – Entoni Zing (Germaniya)
- -73 kg: Mirzohid Farmonov – Antoni Bushar (Kanada)
- - 81 kg: Sharofiddin Boltaboev – Antoni Valois-Fortier (Kanada)
- -90 kg: Shahzod Sobirov – Klen Kalyulaid (Estoniya)
- -100 kg: Muhammadkarim Xurramov – Viktor Demyanenko (Qozog‘iston)
- +100 kg: Bekmurod Oltiboev – Liam Park (Avstraliya)
- +100 kg: Ixtiyor Xolmurodov – Bekbolot Toktogonov (Qirg‘iziston)
- -57 kg: Amangul Allanazarova – Tonjuan Lu (Xitoy)
- -70 kg: Gulnoza Matniyazova – Davasuren Munxbat (Mo‘g‘iliston)
Fikrlar