Yana bir frantsuz klubi arablar qo‘liga o‘tishi mumkin

  • 28 sentabr, 2018, 20:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyaning "Sent-Eten" klubi Birlashgan Arab Amirligining badavlat insonlaridan birining qo‘liga o‘tishi mumkin. Bu haqda Le Figaro nashri xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaning yozishicha frantsuz klubini aynan kim sotib olmoqchi ekanligi hozircha oshkor etilmayapti. Chunki, tomonlar ayni damda bu borada muzokaralarni davom ettirishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq "Sent-Eten"ni AQShning PEAK6 investorlik guruhi sotib olishga urunib ko‘rgan edi. Ammo, yakunda muzokaralar muvaffaqiyatsiz tugadi.

Ma’lumot uchun, Frantsiyaning eng nomdor jamoasi PSJ ham ayni damda qatarlik biznesmenga tegishli.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!