
Yangi mavsumda "Arsenal"ning sardori kim bo‘ladi?
Londonning “Arsenal” klubiga yangi sardor tayinlandi. Jamoa bosh murabbiyi Unai Emerining so‘zlariga ko‘ra shu kungacha Per Mertezakerga tegishli bo‘lgan sardorlik bog‘ichi endi Loran Koselniga beriladi.
“Jamoa sardori ayni damda jarohat olgan Loran Koselni bo‘ladi. Uning o‘rnida esa Petr Chex, Aaron Remsi, Mesut O‘zil va Granit Jakalar jamoaga sardorlik qilib turishlari mumkin.
Men jamoada etakchi bo‘lishini xohlayman va qolaversa har bir futbolchi ana shunday etakchilik qobiliyatini namoyon qila olishi kerak”, - deydi ispaniyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, "Arsenal" APLning ilk turini ertaga o‘z maydonida "Manchester Siti"ga qarshi o‘tkazadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi.
Fikrlar