Yangi mavsumda "Kuinz Park Reynjers"da 10-raqam hech kimga berilmaydi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yaqinda 100-yilligi nishonlanadigan Angliyaning “Kuinz Park Reynjers” klubi  “Loftus Roud”ga qarshi dastlabki o‘yin oldidan 2017/18 yilgi mavsumda jamoa futbolchilari qaysi raqamlarda o‘ynashini e’lon qildi.

Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, “qo‘riqchilar” bu mavsum 10-raqamli libosdan foydalanishmaydi. Boisi, ayni damda altsgeymer kasalligi bilan hastalangan jamoaning 68 yoshli futbolchisi Sten Bouls aynan 10-raqamda o‘ynagan. Shu bois ham rahbariyat sobiq futbolchi sharafiga shu yo‘l bilan o‘z hurmatini bildirgan.

Ma’lumot uchun, Sten Bouls KPRda 1972-1979 yillarda to‘p surgan. U bu vaqt davomida jami 315ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga 97 gol yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!