Yangi o‘q otish bazasida dastlabki chempionat yakunlandi

CHERY AUTO

O‘zbekiston o‘q otish sporti federatsiyasining Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida joylashgan sport bazasida stendda o‘q otish bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi. Musobaqalarda 50 ga yaqin sportchilar ishtirok etishdi.

Tecno

Mazkur o‘q otish bazasining qurilishidan katta maqsad ko‘zlangan. Bu yil bazaning stenddan o‘q otish qismidan foydalanishni boshladik. Bu sport maskani to‘la to‘kis foydalanishga qabul qilib olingach, qit’a miqyosidagi nufuzli musobaqalarni, hatto jahon chempionati, kubogi bosqichlari mezbonligi uchun da’vogarlik qilishimiz mumkin. Ayni damda jahon kubogining har bir bosqichida mingdan ortiq sportchilar ishtirok etayotganini nazarda tutsak, kelgusida nufuzli musobaqalarga mezbonlik qilishimiz ortidan nafaqat mamlakatimiz yoshlari orasida o‘q otish sportini ommalashtirishga, balki minglab sportchi, ular bilan murabbiy, shifokorlari va boshqa delegatsiya vakillarini yurtimizga tashrifi ortidan ichki turizmni rivojlantirishga hissa qo‘shgan bo‘lamiz, – deydi O‘zbekiston o‘q otish sporti federatsiyasi bosh kotibi J.Atabullaev.

O‘zbekiston chempionatida o‘smirlar va kattalar ikki xil mashqda merganlik salohiyatini namoyish etishdi.

Natijalar bilan tanishing:
Transheyali stendda
Erkaklar

1-o‘rin: Shuxrat G‘aniev
2-o‘rin: Aleksey Remnev
3-o‘rin: Sherzod Mamadjanov

O‘smirlar
1-o‘rin:
Jasur Safarov
2-o‘rin: Timur  Gafarov
3-o‘rin: Ernest Settarov

Dumaloq stendda
Erkaklar
1-o‘rin
: Ruslan O‘taganov
2-o‘rin: Bekzod Abdurahimov
3-o‘rin: Sanjar Rasulov

O‘smirlar
1-o‘rin:
Kirill Podgaetskiy
2-o‘rin: Gleb Nesterenko

Stenddan o‘q otish sport turiga yoshlar, hatto qizlarning ham qiziqishi ortib borayotganiga O‘zbekiston chempionati orqali yana bir bor guvoh bo‘ldik. Iqtidorli sportchi qiz Kseniya  Kolotilo qayd etgan natija tomoshabin va mutaxassislarni nafaqat quvontirdi, yurtimiz iqtidorli sportchilarga boy ekanini ko‘rsatdi. Umid qilamanki, yaqin yillarda stenddan o‘q otish bo‘yicha barcha viloyatlarimizda sport sektsiyalari ish boshlaydi hamda g‘oliblik uchun kurashadigan sportchilar auditoriyasi kengayadi, – deydi stenddan o‘q otish sporti bo‘yicha terma jamoa murabbiy Igor Podgaetskiy.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!