Yerri Mina katta ehtimol bilan mavsumni "Everton"da boshlaydi

  • 26.07.2018 20:44
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Kataloniyaning “Barselona” klubi himoyachisi Yerri Mina yangi mavsumni Angliya premer-ligasida boshlashga juda yaqin turibdi.

Goal nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 23 yoshli kolumbiyalik futbolchini “Everton” o‘z safiga qo‘shib olishga jiddiy bel bog‘lagan. Mersisaydliklar bosh murabbiyi Marko Silva ushbu transfer yuzasidan uning bobosi va shuningdek agenti ham hisoblangan Yerri Jeyra Mina bilan ham gaplashgan.

Berilgan ma’lumotlarga qaraganda “Everton” Mina uchun kataloniyaliklarga 27 mln funt taklif qilmoqda. Ta’kidlash kerakki, Frantsiyaning “Lion” klubi ham Mina uchun “Barselona”ga huddi shuncha to‘lashga tayyor. Biroq, futbolchining APL klubi safiga o‘tish ehtimollari yuqori.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!